Joriy yilning dekabr oyida O‘zbekiston piyoz eksportini keskin oshirishni rejalashtirmoqda. Buni ushbu mahsulotlarni eksport qiluvchilarning tashqi bozorlarga jo‘natishdagi faolligi oshgani ko‘rsatmoqda, deya xabar bermoqda “EastFruit” mutaxassislari.

Logistika xizmatlari bozori ishtirokchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning noyabr oyining uchinchi o‘n kunligida va dekabr oyining birinchi o‘n kunligida o‘zbek piyozini eksportga jo‘natish uchun transport so‘rovlari soni noyabr oyining birinchi ikki o‘n kunligining o‘rtacha ko‘rsatkichidan va umuman joriy yilning oktyabr oyiga nisbatan bir necha baravar ko‘paydi.

So‘rovlarga ko‘ra, Latviya o‘zbek piyozini jo‘natishning yetakchi yo‘nalishi bo‘lib, bu transport uchun bunday arizalarning uchdan bir qismini tashkil etadi. Ikkinchi o‘rinda Polsha, uchinchi o‘rinda Rossiya, Belorusiya va Gruziya kabi yo‘nalishlar joylashgan.

Shuningdek, O‘zbekistondan Gretsiya, Ispaniya, Norvegiya va Ruminiyaga piyoz jo‘natish uchun avtotransport vositalariga alohida so‘rovlar kelib tushmoqda.

“EastFruit” mutaxassislari tomonidan ta’kidlanganidek, 2023-yil yakunlariga ko‘ra, piyoz O‘zbekiston eksportidagi meva-sabzavot segmentidagi xitlardan biri bo‘ladi.

Bu yil mamlakat nafaqat ushbu mahsulotlarni tashqi bozorlarga jo‘natish hajmini keskin oshirdi, balki eksport geografiyasini ham sezilarli darajada kengaytirdi.

“EastFruit” tahlilchilarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga ushbu mahsulotlarning qariyb 245 ming tonnasi eksport qilingan.

O‘tgan yillardagi ko‘rsatkichlar bilan solishtirilsa, joriy yilning 11 oyi davomida O‘zbekiston 2022-yilning shu davriga nisbatan hajm jihatidan 33%ga, 2021-yilning mos davriga nisbatan esa 22%ga ko‘p piyoz eksport qilgan.

Bundan tashqari, o‘tgan yili O‘zbekiston piyozi eksportining butun hajmi 14 davlat bozoriga yetkazib berilgan bo‘lsa, joriy yilda ushbu mahsulotlarni import qiluvchi davlatlar soni kamida bir yarim barobar oshdi.

Joriy yil yanvar oyida Qishloq xo‘jaligi vazirligi ichki bozorda narxlarni pasaytirish, aholining isteʼmol talabini qondirish sababli mamlakatdan piyozni xorijga eksport qilish yaqin 4 oyga chekladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 20-yanvardan 30-aprelgacha bo‘lgan davrda aholining piyozga bo‘lgan ehtiyoji 346 ming tonnani tashkil etadi.