“Telegram” jamoasi messenjerning yangi versiyasini taqdim etdi.

Yangilangan chaqiruvlar

“Telegram” chaqiruvlari foydalanuvchilarga suhbatlashish, kamerasini yoqish yoki ekranini namoyish qilish imkonini beradi — va bularning hammasi bitta ilovada. Chaqiruvlar barcha platformalarda mavjud va boshidan oxirigacha shifrlash bilan himoyalanadi.

Bu yangilanishda chaqiruv qilinayotganda, faolligida va tugaganida dinamik tarzda o‘zgaradigan yangi animatsiyalar va chiroyli fonlar bilan dizayn to‘liq qayta yangilandi.

Yangi interfeys avvalgiga qaraganda kamroq resurslarni talab qiladi. Natijada batareya xizmat muddati uzayadi va eskiroq qurilmalarda yaxshiroq ishlaydi.

Xabarlarni o‘chirganda “Tanos chertkisi” effekti

O‘tgan oyda iOS uchun ilovada avtomatik o‘chadigan xabarlar uchun tajribaviy bug‘lanish animatsiyasini qo‘shilgan edi.

Bu ajoyib (va energiya tejamkor) animatsiya endi iOS va Android ilovada mavjud hamda endi istalgan xabarni o‘chirganda ijro qilinadi.

Misli ko‘rilmagan botlar yangilanishi: reaksiyalar va boshqalar

“Telegram"ning bepul botlar yaratish platformasi dasturchilarga oddiy chat-botlaridan tortib istalgan veb-sayt o‘rnini egallaydigan kuchli mini ilovalargacha har qanday turdagi xizmatni “Telegram” ekotizimiga integratsiya qilish imkonini beradi.

Yuzlab yangi funksiyalar orasida botlar endi xabarlarga reaksiya bildirishi hamda reaksiyalar, iqtiboslar va havolalarni boshqarishi, boshqa chatlar yoki mavzularga javoblar yuborishi mumkin.

Bu yangilanishda botlar ular admin bo‘lgan kanallarda yutuqli o‘yinlar natijalaridan va foydalanuvchi ovoz bergan yoki bermaganidan xabardor ham bo‘ladi.

Dasturchilar ushbu misli ko‘rilmagan oxirgi o‘zgarishlar ro‘yxatida botlar yaratish uchun platformaga kiritilgan barcha o‘zgarishlarni topishi mumkin.