12-yanvar kuni Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:

  • Uchtepa tumani — “Qo‘rg‘ontepa” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00dan 17:00gacha;
  • Yunusobod tumani — “Sohibkor” hamda “Oqtepa” MFYlarning ayrim hududlarida soat 10:00dan 16:00gacha.

Shuningdek, shu kuni Chilonzor tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasi soat 12:00dan 18:00gacha vaqtinchalik o‘chiriladi. Bunga sabab 110/10 kV bolgan yuqori kuchlanishli “Bunyodkor” podstansiyasidagi elektr qurilmalarini o‘rnatish hamda ta’mirlash ishlari olib borilishi bilan izohlangan.

Bu vaqtda Chilonzor S-, 3-, 6-mavzelar, “Gavhar”, “Dombirobod”, “Katta Dombirobod”, “Naqqoshlik”, “Qozirobod”, “3-Katta Chilonzor” hamda “Katta Navbahor” MFYlarining qisman ko’chalari vaqtinchalik elektr ta’minotidan ajratiladi.

Shuningdek, quyidagi obyektlarga ham uzilishlar ta’sir qilishi mumkin:

  • Chilonzor tuman hokimligi;
  • Chilonzor tumani Soliq inspeksiyasi;
  • Chilonzor tibbiyot kolleji;
  • Toshkent tibbiy diognostika markazi;
  • Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi;
  • “Orient Finans Bank” hamda “O‘zsanoatqurilishbank” Chilonzor filiali hamda;
  • “Rohat” mehmonxonasi;
  • “Uzenergosozlash”;
  • "Sezam" radiokanali;
  • Geodeziya va kartoggrafiya milliy markazi;
  • Bozor islohotlari instituti;
  • Bolalar poliklinikasi;
  • G‘ofur G‘ulom nomidagi park;
  • Nafis Sanoat liseyi;
  • Musiqiy komediya teatri (operetta);
  • Sanitariya-epidemiologiya stansiyasi;
  • “Issiqlik elektr stansiyalari” va boshqalar.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Sentabrda energetika sohasini isloh qilishga qaratilgan prezident farmoni qabul qilingandi. 2026-yilga borib, elektr energiyasi talab va taklif asosida shakllanadigan erkin, ulgurji bozor ishga tushadi.

2024-yilning 1-yanvarigacha Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi faoliyati to‘g‘risidagi nizomni tayyorlash rejalashtirilgandi. 2026-yildan agentlik tomonidan elektr energiyasini uzatish va taqsimlash tariflari hamda to‘lovlari miqdorlari tasdiqlanadi.

Joriy yil oxirigacha O‘zbekistonda yagona elektr savdosi platformasi yaratiladi. 2035-yilgacha elektr energiyasini aholiga barcha hududlarda bir xil narxda sotish joriy etiladi.