Ichki aviqatnovlarda haydovchilik guvohnomasi asosida ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat berilishi mumkin. “Uzbekistan Airports” bu bo‘yicha xabar berdi.

Hukumatning 2017-yil 19-iyunda qabul qilingan 389-son qarori bilan yangi milliy haydovchilik guvohnomasi shaxsni tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomiga ega.

Kompaniya tasarrufidagi aeroportlarning faoliyati mamlakat transport sohasiga oid hujjatlar, jumladan, o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan tartibga solinadi hamda yuqori vazirlik va idoralar tomonidan ijro uchun yuboriladi.

Hozir aeroportlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida tan olinadigan va yo‘lovchilarga ulardan foydalangan holda ichki yo‘nalishdagi reyslarga ro‘yxatdan o‘tish huquqini beruvchi hujjatlarning yakuniy ro‘yxatini idoralararo tasdiqlash ishlari yakunlanmoqda.

Bunda, mazkur hujjatlar qatorida haydovchilik guvohnomasi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma hamda harbiy guvohnoma kabilar qayd etilgan.

Avvalroq “Uzbekistan Airports” mobil ilovasini ishga tushirgandi. Unda samolyotlarning uchib kelish va uchib ketishi jadvali haqida ma’lumotlarni olish mumkin. Ilovada qo‘shimcha xizmatlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.