“Spot” tadbirkorlar va top-menejerlar ish faoliyatlari davomida nimalardan foydalanishlari haqida so‘zlab berishadigan “Ryukzakda nima bor?” nomli loyihani davom ettiradi.

Bu safargi materialda “Futurum Academy” va “inMarketing” kompaniyasi asoschisi Farhod Kamilov bilan suhbatlashdik.

U ish faoliyati davomida asosan nimalardan foydalanishi haqidagi savollarga javob berdi.

Intervyuning to‘liq qismi bu yerda:



Macbook va iPhone

Ryukzagimning egasi desam ham bo‘ladi — bu “Macbook”. O‘zi “Macbook"ni 5 yil oldin ishlatishni boshlaganman. Undan foydalanishimni sabablaridan biri, quvvati 10 soatgacha yetadi.

Chunki ko‘p sayohat qilganim uchun aeroportda yoki boshqa joylarda quvvatlagichi har doim ham yonimda bo‘lmaydi.

farhod kamilov, ryukzagda nima bor

Uning sherigi ham bor — bu iPhone. Bularni bir-biri bilan sinxronlashtiraman. Bunda iPhonega yozgan vazifalarim “Macbook"ga tushadi, “Macbook"da yozilganlari esa iPhoneda turadi.

Kitob

Yonimda kitob olib yuraman va bo‘sh vaqtlarimda shu kitobni o‘qiyman.

Hozirgi kunda Mixail Grebenyukning “Ajoyib savdo skriptlari” kitobini o‘qiyapman. Mazkur kitobda savdo va marketing bo‘yicha yaxshi keyslar bor.

farhod kamilov, ryukzagda nima bor

Markerlar

Yonimda eng ko‘p olib yuradigan narsalarimdan biri bu markerlar hisoblanadi. Chunki qayergadir dars berishga yoki trening o‘tkazish uchun borsangiz, doska va marker muammo hisoblanadi. Men tanlagan marker sifatli bo‘lib, doskaga yaxshi yozadi.

farhod kamilov, ryukzagda nima bor

Bundan tashqari men yozishni yaxshi ko‘raman, buni marker olib yurishimdan ham bilib olsa bo‘ladi.

O‘zi fikrlarimni yoki kerakli qaydlarni doim “Macbook"ga yozib yuraman, lekin qo‘l matorika mashqlari uchun ham, qo‘l bilan yozishni yaxshi ko‘rganim uchun ham yondaftarga yozaman.

Hamyon va qalamdon

Hujjatlarim va plastik kartalarimni cho‘ntagimda solmasdan, hammasini hamyonimga solib olib yuraman.

farhod kamilov, ryukzagda nima bor

Shuningdek, qalamdon va ko‘plab ruchkalar olib yuraman. Kamdan-kam foydalansam ham ryukzagimda ko‘zoynak olib yuraman.

Yana bitta olib yuradigan muhim narsalarimdan biri — bu “adapter” hisoblanadi. Ko‘plab treninglarga borganimda, taqdimot ko‘rsatadigan vaqtimda “Macbook"ga to‘g‘ri keladigan “adapter” ko‘p joyda topilmaydi.

Ko‘pchilik nima uchun “Macbook"ingizni ustiga har xil stikerlar yopishtirgansiz deb so‘rashadi. Buni sababi biror-bir tadbirga borganimda boshqalarning “Macbook"i bilan o‘zimnikini adashtirib yubormaslik uchun.

farhod kamilov, ryukzagda nima bor

Olib yuradigan narsalarim ko‘pligi va ularni sig‘dirish uchun hajmi jihatdan kattaroq ryukzag olganman. Chunki uning cho‘ntaklari ham ko‘p va issiqlik izolyatsiyasi ham bor.