O‘zbekistondagi aksariyat banklar 5-fevral, dushanba kuni dollar kursini oshirdi.

Valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanuvchi 28ta moliya institutidan 12tasida kurs 12 500 so‘m va undan yuqori darajaga ko‘tarilgan. To‘rtta bank AQSh valyutasining qiymatini 12 510 so‘mga oshirdi.

Dollarning eng arzon xarid kursi “Aloqabank"da — 12 450 so‘m. Eng qulay qabul kursi “Biznesni rivojlantirish banki”, “Poytaxtbank”, “Turonbank” va “Garant bank"lar tomonidan taklif etilgan — har biri 12 410 so‘mdan.

O‘tgan juma, 2-fevral kuni dollar kursi 15 so‘mga oshib, 12 448 so‘mni tashkil etgandi.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.

Bungacha u yana ikki marta — 7 va 9-avgust kunlari eng yuqori ko‘rsatkichlarni yangilagan. Undan keyin Markaziy bank bu bo‘yicha izoh berdi.

Xususan, asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi tashqi savdo va pul o‘tkazmalari kanali orqali so‘mning real samarali almashuv kursining mustahkamlanishiga olib keldi.