Yaponiyaning Okinava fan va texnologiya instituti (OIST) amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda butun dunyodan bakalavriaturaning 3−4-kurs, magistraturaning 1−2-kurs talabalari ariza topshirish imkoniyatiga ega

Dasturda fizika, biologiya, kimyo, fan, muhandislik, nevrologiya, matematika, hisoblash fanlari va tibbiyot fanlari kabi sohalar bo‘yicha ishtirok etish mumkin.

Nomzodlar CV, maqsad bayoni, tavsiyanoma, diplom va akademik transkriptlar hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatni onlayn jo‘natishlari kerak.

Agar nomzod hali o‘qishni tamomlamagan bo‘lsa, o‘quv muassasasidan o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni yuklashi kerak.

Dastur 2−6 oy davom etib, bu vaqtda talabalar tajriba orttirish yoki muayyan texnikani o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishadi hamda professor rahbarligida ishlaydi.

Qabul qilingan ishtirokchilar quyidagilar taqdim etiladi:

  • kuniga qariyb $16 to‘lov;
  • transport xarajatlari;
  • sayohat va aviachiptalar uchun to‘lov;
  • bepul turar joy;
  • sug‘urta va viza to‘lovlari.

Arizalarni joriy yilning 15-apreligacha havola orqali jo‘natish mumkin.

Dastur 2024-yilning oktabridan 2025-yilning martigacha bo‘lgan oraliqda o‘tkaziladi. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Foydali havolalar:

tadqiqot amaliyoti dasturi tavsifi;

ko‘p beriladigan savollar;

dastur bo‘yicha fakultet, professor va loyihalarning mavjudligi.


Avvalroq Ruminiya hukumatining Tashqi ishlar vazirligi orqali taqdim etiladigan stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.