“WhatsApp” messenjeri ilovaga “Statuslar” bilan bog‘liq yangi funksiyalarni qo‘shmoqchi, deya xabar berdi “WABetaInfo”.

Qayd etilishicha, yangilik hozirda Android uchun ilovaning so‘nggi beta-versiyasida mavjud.

Hozirda yangi funksiya sinovdan o‘tkazilmoqda, uning qachon barcha foydalanuvchilarga taqdim etilishi noma’lum.

“WhatsApp"dagi “Statuslar” boshqa ilovalardagi “Stories"ga o‘xshash, ularda vertikal video va fotosuratlarni nashr qilish mumkin.

Agar ilgari holatni ko‘rish uchun foydalanuvchi profiliga o‘tish kerak bo‘lsa, endi barcha kontakt holatlari chatlar tepasiga biriktirilgan bitta “Yangilanishlar” yorlig‘ida to‘planadi.

Bu ilovaga kirganingda darhol boshqa odamlarning yangilanishlarini ko‘rish imkonini beradi.

“WhatsApp” foydalanuvchilarning iltimosiga ko‘ra yangilangan “Statuslar"ni qo‘shdi.


Avvalroq “Spot” “WhatsApp” boshqa messenjerlardan xabarlarni qabul qilishi funksiyasini qo‘shmoqchi ekanligi haqida yozgandi.

Messenjer texnik direktori bunday imkoniyat boshqa messenjerlar xavfsizlik standartlariga javob bergandagina amalga oshishini aytdi.