Toshkentdagi yirik supermarketlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rganildi. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti xabar berdi.

MHTI mutaxassislari joriy yilning mart oyida poytaxtdagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.

Natijada, 11 xil mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganligi aniqlandi.

Xususan, karam 31,4%ga, bodring 19,8%ga, kungaboqar yog‘i 9,7%ga hamda mol go‘shti (file) 8,3%ga pasaygan.

Bundan tashqari, 4 nomdagi mahsulotlarning eng past narxi o‘zgarishsiz qolgan — guruch, makaron, banan va shakar.

mahsulotlar, narxlar, oziq-ovqat, supermarket, toshkent shahri

Shuningdek, 6 nomdagi mahsulotlar narxi ko‘tarilgan. Narxining oshishi bo‘yicha lavlagi yetakchi bo‘ldi. Bu esa mavsumiy omil bilan izohlangan.

Savdo korxonalari uchun yangi sanitariya-gigiyena talablari belgilanmoqda. Shu bilan birga, oziq-ovqat savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi ayrim talablar bekor qilinmoqda.