Janubiy Koreyaning “WiseStone” kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

Xizmatlar eksportini rivojlantirish direktori Mahliyo Muksinova boshchiligidagi “IT Park” delegatsiyasi Koreya kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Yeong-Seok Li, “WiseStone-T” bosh direktori In-Suk Kim hamda KOIIA vakili Sungjoom Lim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar dunyo bo‘ylab texnologik kompaniyalar duch kelayotgan muammolarni, IT-mutaxassislari bozori yildan-yilga kamayib borayotganini qayd etishdi. “IT Park” vakillari “WiseStone” ofisi uchun potensial joy sifatida ko‘rib chiqishni taklif qilishdi.

Kompaniya asoschisi yaqin kelajakda O‘zbekistonga tashrif buyurishni va mamlakatning IT-landshafti va kadrlar salohiyati bilan yaqindan tanishishni rejalashtirmoqda. Undan keyin mamlakat bozoriga chiqish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinadi.

O‘zbekistonga Sharqiy Osiyo tadbirkorlarining qiziqishi ortib borayotganini alohida ta’kidlash lozim. Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, Janubiy Koreyaning 4 ta va Yaponiyaning 2 ta kompaniyasi IT Park rezidentiga aylanib, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

Mart oyida 37ta yangi eksport kompaniyasi “IT Park” rezidenti bo‘ldi. Shundan 19tasi xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar bo‘lib, 1150dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratishni rejalashtirmoqda.