“Kwaaka” oziq-ovqat xizmati buyurtmalarini boshqarish platformasi “MOST Ventures” kompaniyasidan $100 000 yig‘di, deb yozadi “Forbes.kz” nashri.

Qayd etilishicha, pulning bir qismi O‘zbekiston va Gruziyadagi ekspansiyaga yo‘naltiriladi.

Venchur fondi startapga yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish va Toshkent hamda Tbilisida yangi ochilgan ofislariga ishchilarni yollash uchun mablag‘ ajratdi.

“MOST Ventures” kompaniyasining boshqaruvchi hamkori Alim Xamitovning aytishicha, investitsiyalar “Kwaaka"ning yangi bozorlarga kirishini tezlashtirishga qaratilgan.

“Bizning maqsadimiz har bir bosqichda kompleks yechimlar va qo‘llab-quvvatlovchi onlayn-restoran yetkazib berishni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun yagona mahsulot bo‘lishdir. Bizni yangi bozorlarda o‘z qiyinchiliklari bilan yaxshi kutib olishdi, ammo umumiy o‘sish muddatidan oldinda”, — dedi kompaniya asoschisi Nabi Muratbek.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ayrim mamlakatlarda 200 dan ortiq restoran “Kwaaka"ga ulanishni kutmoqda.

Kwaaka” — bu bulutga asoslangan yechim bo‘lib, restoranlarga yetkazib berish xizmatlarini o‘z muassasalarining POS tizimlariga integratsiyalash mumkin.

2022-yilda ishga tushirilgan va hozirda 1300 dan ortiq faol restoranlarga ega platforma Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Gruziya va Armaniston ishlaydi.


Avvalroq “Spot” XMK Markaziy Osiyodagi IT-startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun $5 mln ajratishi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, 2030-yilga borib mintaqadagi texnologik startaplar $300 mln daromad keltirishi mumkin.