“Instagram” 3−5 soniya lentani o‘tkazib bo‘lmaydigan reklamalarni sinab ko‘rishni boshladi. Bu haqda “vc.ru” nashri xabar berdi.

Tasmada bunday reklama paydo bo‘lgani haqida foydalanuvchilar “X” ijtimoiy tarmog‘ida (avvalgi Twitter) 2024-yil iyun oyi boshida xabar berishgan.

Kompaniya “TechCrunch” nashriga hozirda sinovlar o‘tkazayotganini tasdiqladi.

“TechCrunch” tomonidan ko‘rib chiqilgan skrinshotlarga ko‘ra, u video tomosha qilayotganda tasmada paydo bo‘ladi.

instagram, reklama

“Digitalphablet” nashrining ta’kidlashicha, “reklama tanaffusi” deb ataladigan ushbu reklamalar davom etishdan oldin aylantirishni 3−5 soniya davomida to‘xtatib turadi.

Foydalanuvchi tasmani varaqlashni davom ettirishdan oldin reklamalarni ko‘rishi kerak.

Ijtimoiy tarmoq ilovaning aynan qayerida bunday reklama ko‘rsatilishi va qaysi bozorlarda sinovlar o‘tkazilishiga aniqlik kiritilmagan.


Avvalroq “Spot” “Instagram” “stories"larni xiralashtirish funksiyasini qo‘shdgani haqida yozgandi.

Boshqa foydalanuvchilar ularni faqat javob sifatida xabar yuborish orqali ko‘rishadi.