Turkiyada doktorantura uchun o‘zbekistonliklarga stipendiyalar ta’sis etiladi. Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi doirasida vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipovni Turkiya Oliy ta’lim kengashi raisi Erol O‘zvar qabul qildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb va istiqbolli yo‘nalishlari xususida fikr almashildi.

Erol O‘zvar o‘zbekistonlik yosh tadqiqotchilar uchun Turkiya universitetlarining doktorantura bosqichida tahsil olishga stipendiyalar ajratilishi joriy yildan yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

Turkiya hukumatining har yili bakalavr, magistratura va PhD darajalari uchun “Turkiye Burslari” grant dasturiga arizalar qabul qiladi.

Avvalroq “El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiya tanlovi nima uchun e’lon qilinmayotganiga izoh berilgandi.

Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fozilkarimov qabul kvotalari keskin oshgani sabab, kechikishlar yuzaga kelganini ma’lum qildi.