“Google” rossiyaliklarga yangi akkauntlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqladi. Bu haqda “Trashbox” nashri xabar berdi.
Agar foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tish paytida rus telefon raqamini kiritsa, uni tekshirish uchun ishlatish mumkin emasligi haqida xabar paydo bo‘ladi.
Qayd etilishicha, bu xato yoki tuzatish harakati ekanligi haqida hech qanday rasmiy bayonot berilmagan.
Bunga AQSh moliya vazirligining 12-sentabrdan kuchga kiradigan sanksiyalari sabab bo‘lishi mumkin.
Unga ko‘ra, 2024-yil 12-sentabrdan boshlab Amerika kompaniyalari Rossiyada turli IT xizmatlarini taqdim eta olmaydi.
Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tish paytida ruslarning telefon raqamlariga tasdiqlash SMS-kodlarini yuborgan pudratchi sherik bilan yakunlangan shartnoma deb taxmin qilinmoqda.
Avvalroq “Google” 9-sentabrdan Rossiyada BigQuery bulut xizmatini o‘chirib qo‘yishi haqida xabar berilgandi.
Biroq “Google Workspace” (elektron pochta, Docs, Sheets, Slides, Drive xizmatlarini o‘z ichiga oladi) va “Google Cloud” ishlashda davom etadi.
Shuningdek, “Google” o‘ziga tegishli “YouTube” videoxosting saytida rossiyalik blogerlar uchun monetizatsiyani butunlay o‘chirayotgani haqida ma’lum qilgandi.
Bu haqda kompaniya Rossiyadagi xizmat foydalanuvchilariga yo‘llagan maktubida ma’lum qildi.
“Biz Rossiya bo‘lgan barcha „AdSense“ hisoblarini o‘chirib qo‘yamiz. Bu shuni anglatadiki, siz bunday hisoblar orqali monetizatsiyadan daromad ololmaysiz”, — deyiladi “Google Payments” xabarnomasida.
Avvalroq “Spot” Rossiyada “Google”, “Android” va “iOS” bloklanishi rejalashtirilayotgani haqida yozgandi.
Bu haqda Rossiya Davlat dumasi deputati Aleksey Didenko ma’lum qilgan va boshqa platformalarga o‘tishni maslahat bergan.