Toshkentning to‘rtta tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Hududgaz poytaxt matbuot xizmati xabar berdi.

4-aprel kuni ta’mirlash ishlari sabab Shayxontohur, Olmazor va Sergeli tumanlarining belgilangan hududlariga soat 11:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.

Xususan:

Uchtepa tumani:

  • Aholi iste’molchilari soni: Diyorobod MFYdagi 43 ta ko‘p qavatli uylar;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 10 ta.

Chilonzor tumani:

Aholi iste’molchilari soni:

  • Do‘mbrobod MFYdagi 778 ta, Gavhar MFYdagi 640 ta, Tirsakobod MFYdagi 528 ta va Katta Do‘mbrobod MFYdagi 864 ta yerli xonadon;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 20 ta.

Olmazor tumani:

  • Aholi iste’molchilari soni: Hastimom MFYdagi 135 ta yerli xonadon;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 2 ta.

Shayxontohur tumani:

  • Aholi iste’molchilari soni: Gulbozor MFYdagi 730 ta yerli xonadon va 54 ta ko‘p qavatli uy;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 18 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.