AQSh distribyutorlar va chakana sotuvchilar uyushmasi 2025-yil 29-apreldagi maktubida sohani bojlardan ozod qilishni so‘radi, deb yozadi Bloomberg.
Qayd etilishicha, uni 70 dan ortiq kompaniyalar, jumladan Adidas, Puma, Nike, Vance va Crocs imzolagan.
Ularning ta’kidlashicha, tariflar AQShda poyabzal narxining oshishiga va “yuzlab” korxonalarning yopilishiga olib keladi.
Yangi to‘lovlar allaqachon mavjud to‘lovlar ustiga qo‘yilgani sababli, poyabzal kompaniyalari 150%dan 220%gacha boj to‘lashlari kerak bo‘ladi, deydi firmalar.
Poyabzal ishlab chiqaruvchilar bunday yuqori tarif stavkalariga bardosh bera olmasligi mumkin va bojdan ozod qilinmasa, ularning yagona chorasi faoliyatini to‘xtatishdir.
Yig‘imlar hech kimni AQShga qaytishga majbur qilmaydi — buning uchun katta mablag‘ sarflash va barcha ta’minot zanjirlarini qaytadan yo‘lga qo‘yish talab etiladi.
Poyabzal brendlarining aksariyati ishlab chiqarishni Osiyo mamlakatlarida — Xitoy, Vetnam va Indoneziyada joylashtirishgan. Bu davlatlar uchun eng yuqori bojxona to‘lovlari joriy etilgan.
Masalan, Xitoy uchun 145%, Vetnam uchun 46% va Indoneziya uchun 32%. Birgina Nike kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan poyabzallarning qariyb yarmi Xitoy va Vetnamda tayyorlanadi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 75dan ortiq mamlakat uchun keng ko‘lamli import bojlarini joriy etishni 90 kunga kechiktirishini e’lon qildi va bu davr mobaynida stavkani 10%gacha pasaytirdi.
Avvalroq Spot Donald Tramp avtomobillar importiga bojlar ta’sirini yumshatmoqchi ekanligi haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, chora chet el avtomobillariga boshqa tariflar bo‘yicha bojlar qo‘yilishining oldini olishga imkon beradi.