Skype messenjeri rasman o‘z faoliyatini yakunladi. Microsoft korporatsiyasi 21 yillik faoliyatidan so‘ng uni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi.
“2025-yil mart oyidan boshlab siz Skype hisobingiz ma’lumotlari bilan Microsoft Teams Free xizmatiga kira olasiz va chatlaringiz va kontaktlaringiz foydalanish uchun tayyor bo‘ladi. Skype’da mavjud bo‘lgan qulay funksiyalar, jumladan, bepul qo‘ng‘iroqlar va xabarlar, shuningdek, Teams ilovasida yig‘ilishlar va hamjamiyatlar kabi yangi funksiyalardan foydalaning”, — deyiladi saytning bosh sahifasidagi xabarda.
Ma’lumotlar 2026-yil yanvarigacha messenjerdan ko‘chirilishi kerak, aks holda ular avtomatik ravishda o‘chiriladi.
Qayd etilishicha, axborotni eksport qilish mumkin, lekin Microsoft Teams platformasiga o‘tkazish mumkin emas.
Skype 2003-yilda Shvetsiya, Daniya va Estoniya dasturchilari tomonidan ishlab chiqilgan va ishga tushirilgan. Dastlab xizmat foydalanuvchilarga faqat ovozli qo‘ng‘iroqlar xizmatini taqdim etgan bo‘lsa, keyinchalik videoaloqa orqali muloqot qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Dastur tezda ommalashib ketdi, 2005-yilda uni eBay, 2011-yilda esa Microsoft uni $8,5 mlrdga sotib olgan. So‘nggi o‘n yil ichida kompaniya xizmatni bir necha bor yangilagan va qayta ishlagan, 2016-yilda esa Skype texnologiyalari asosida qurilgan Teams’ni taqdim etgan.
O‘shandan beri kompaniya Skype’ni yangilashda davom etgan bo‘lsa ham Teams Microsoft uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘ldi. 2023-yilda u unga o‘zining Bing chat-botini qo‘shdi.
Joriy yil fevral oyida Microsoft korporatsiyasi Skype messenjeri va videokonferensiya xizmatini may oyida butunlay yopishi haqida xabar berilgandi.
XDA-Developers mutaxassislari Skype’ning Windows uchun mo‘ljallangan so‘nggi versiyasi kodida yashirin satr borligini aniqladi.