OSON fintex-xoldingi uchta to‘lov standarti — Tez QR, UzQR va Xolis’ni bitta ilovada jamladi. Endi boshqa ilovalarni ochish yoki kartalarni olib yurish shart emas. Kassada qaysi QR-kod turganidan qatʼi nazar, ilova uni o‘zi avtomatik aniqlab oladi.

To‘lov ilovadagi Uzcard va HUMO kartalaridan yechiladi. Buning uchun kartani sotuvchiga berish yoki PIN-kod kiritish shart emas, hammasi mutlaqo xavfsiz.

Bu bejiz emas: O‘zbekiston naqdsiz to‘lovlar tizimiga faol o‘tmoqda, mamlakatimiz fintex bozori esa mintaqada eng tez rivojlanayotgan bozorlardan biri hisoblanadi.

Ilovaning yangisini hoziroq yuklab olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.