O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi mintaqada saqlanib qolayotgan keskinlik va aviaqatnovlardagi ehtimoliy o‘zgarishlar haqida ogohlantirdi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.
Elchixona tomonidan fuqarolarga parvozlar jadvali, yo‘nalishlari va tranzit qoidalarini oldindan tekshirish tavsiya etildi.
Xabarga ko‘ra, Saudiya Arabistonidagi ichki vaziyat barqaror, jamoat xavfsizligiga tahdidlar yoki maxsus cheklovlar qayd etilmagan. Biroq parvozlarning kechikishi, boshqa reysga o‘tkazilishi yoki yo‘nalishlar o‘zgarishi mumkin.
Shuningdek, Saudiya Arabistoni va Yaman chegarasiga yaqin hududlarga bormaslik hamda mahalliy hokimiyatning xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalariga rioya qilish tavsiya etildi.
Fuqarolarga harbiy obyektlar va hodisalar oqibatlarini tasvirga olmaslik, tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni doimo yonida olib yurish tavsiya etildi.
Zarur hollarda O‘zbekiston fuqarolari quyidagi raqamlar orqali diplomatik vakolatxonalarga murojaat qilishlari mumkin:
Ar-Riyoddagi O‘zbekiston elchixonasi:
- Telefon: +966 11 263 52 23;
- Konsul Shuhrat Ibragimov: +966 56 721 77 31 — Telegram va WhatsApp.
Jiddadagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi:
- Telefon: +966 12 607 72 50;
- Konsul Azimjon Qobiljonov: +966 59 439 08 50 — Telegram va WhatsApp.
Elchixona vatandoshlarni ehtiyotkor bo‘lishga, tinchlik va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.
Avvalroq Spot Tailandda mamlakatdan chiqish uchun soliq joriy etish taklif qilingani haqida yozgandi.
Unga ko‘ra, mamlakatdan samolyot orqali chiqayotgan yo‘lovchilardan har bir safar uchun 1000 bat ($30) undirish rejalashtirilmoqda.