O‘zbekiston 2025-yilga kelib paxta tolasi eksportidan voz kechish va ichki bozorda to‘liq qayta ishlanishini ta’minlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi strategik prognozlash departamenti boshlig‘i Dilbar Muhammedova ma’lum qildi, deb xabar berdiUzDaily.
Xabarga ko’ra, O’zbekiston korxonalari 2018 yilda 520 ming tonna paxta tolasini qayta ishlash imkoniyatiga ega. Shu bilan birga, korxonalarning loyiha quvvati 720 ming tonnani tashkil etadi.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi 2018−2021 yillarda diverfikatsiya va modernizatsiya dasturini amalga oshirishni rejalashtirgan. Eksport hajmi 4,7 barobar ortib, 7,1 milliard dollargacha yetishi kutilmoqda. Joriy yilda esa tarmoq korxonalari 520 ming tonna paxta tolasini qayta ishlashi mumkin, deyiladi xabarda.
O‘zbekistonda har yili 3,5 million tonna paxta xom ashyosi va 1−1,2 million tonna paxta tolasi ishlab chiqariladi. Tolaning 50% ga yaqini eksportga yuboriladi.