O‘zbekistonda AQSHning Markaziy Osiyodagi ilk magistrlik ta’lim loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, loyiha AQSHning Markaziy Osiyodagi ilk magistrlik ta’lim dasturi hisoblanadi.

Mazkur dasturda ishtirok etish uchun nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo davlatlaridan hujjat topshirgan talabgorlardan 125 nafari tanlov asosida o‘qishga qabul qilindi.

Bir yillik magistraturada o‘qitish to‘liq Vebster universiteti o‘quv dasturlari asosida amalga oshirilib, mashg‘ulotlar Vebster universitetining malakali mutaxassislari bilan bir qatorda O‘zDJTUning maxsus tanlovdan o‘tgan professor-o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi.

Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarga Vebster universitetining magistrlik diplomi berilishi belgilangan.