Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning mamlakatimizga qilgan rasmiy tashrifi doirasida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va Belarus davlat informatika va radioelektron universiteti (BDIRU) o‘rtasida informatsion texnologiyalar qo’shma fakulteti (ITQF TATU-BDIRU)ni tashkil etish borasida bitim imzolandi.

Qo‘shma fakultet bitiruvchilariga TATU va BDIRU tomonidan ikkita diplom topshiriladi.

Shuningdek, bitiruvchilar TATU va BDIRU da magistraturada o‘qishni davom ettirishlari, magistrlik dissertatsiyasini himoya qilishlari hamda “magistr” akademik darajasini olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shartnomaga ko’ra, qo‘shma fakulteti mutaxassislarini tayyorlash — BDIRU tomonidan joriy etilayotgan Belarus Respublikasida belgilangan ta’lim yo’nalishlari bo’yicha rus tilida olib boriladi va joriy qilinadi:

  • “Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti”;
  • “Dasturlashtirilgan mobil tizimlar”;
  • “Sun'iy aql”.

Qo‘shma fakultetda ta’lim o’qishga pul to’lash shartlari asosida ishlab chiqilgan va TATU bilan kelishilgan o’quv rejalari va dasturlariga muvofiq ikki bosqichda joriy qilinadi.

Birinchi bosqich TATUda 2 yil davomida O’zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladi va talabalarni birinchi va ikkinchi bosqichlarda ta’lim olishlarini o’z ichiga oladi.

Ta’limning ikkinchi bosqichi Belarus Respublikasi hududida 2 yil davomida olib boriladi, hamda talabalarni uchinchi va to‘rtinchi bosqichda bilim olishlarini nazarda tutib, tegishli mutaxassislik darajasi berilishini o’z ichiga oladi.