«O‘zavtosanoat» AJ joriy yilning 1 dan 25 sentyabriga qadar GM Uzbekistan avtomobillari uchun qoldirilgan 10 181 ariza bekor bo‘lganini ma’lum qildi.

Shulardan, Captiva avtomobili uchun — 314 dona, Cobalt — 765 dona, Damas — 2514 dona, Lacetti — 409 dona, Malibu — 2309 dona hamda Matiz — 2717 dona ariza.

Avgust oyiining so‘nggi haftasida GM Uzbekistan savdo tizimida 6393 dona soxta arizalar qoldirilgani aniqlandi va ular tizimdan o‘chirildi.