18−19 oktyabr kunlari Toshkentda mintaqalararo hamkorlik bo‘yicha birinchi Rossiya- O‘zbekiston forumi bo‘lib o‘tdi, bu O‘zbekiston va Rossiya ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yishda eng muhib tadbirlardan biri bo‘ldi.

Xorijiy hamkorlar bilan o‘z vatanida turib to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokalar o‘tkazishga asoslangan rasmiy dastur doirasida mintaqalararo hamkorlik, sanoat aloqalari va moliya-bank kelishuvlarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Rossiya mintaqaviy korxonalari o‘rtasida tarmoqlararo hamkorlik sohasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 1,2 milliard $lik 242 ta shartnoma va umumiy qiymati 1,4 milliard $lik qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha 136 ta bitim imzolandi.

Bank sohasi

Moliya-bank sohasidagi munosabatlarda 864,6 million $ miqdorida 6 ta bitim imzolandi, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Rossiyaning “Sberbank"i o‘rtasida 200 million $ lik kredit liniyasi ajratish to‘g‘risidagi bitim, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “Gazprombank” o‘rtasida 3,5 milliard rubl (50 million $ ekvivalentiga teng) miqdoridagi hamkorlik bo‘yicha bitim imzolandi.

Ish uchrashuvlari va semenarlar natijalari bo‘yicha to‘plangan tajriba almashinuvi va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini faol muhokama qilish, umumiy miqdori 27,1 milliard $ lik 785 ta ikki tomonlama bitim va memorandumlar imzolandi.

Savdo-iqtisodiy soha

Xususan, savdo-iqtisodiy sohada qariyb 1,76 milliard $ va investitsiya sohasida umumiy qiymati 25,3 milliard $ bo‘lgan 185 ta bitim imzolangan.

Erishilgan bitimlar natijasida O‘zbekiston Respublikasida 79 ta O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonalari, 23 ta yangi savdo uylari va 20 ta ulgurji tarqatish markazlari tashkil etiladi.