O‘tgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 629 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,6 milliard so‘mdan oshdi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 22% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 48% ikkinchi va 30% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 22% ga teng. Keyingi o‘rinda Samarqand viloyatining avto havaskorlari 12% ulush bilan joylashdi.

Uchinchi o‘rin Farg‘ona viloyatining avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, ulushi 10% ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 56% ga teng.