Hukumat qaroriga muvofiq Nodirbek Saydullayev “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvining raisi etib tayinlandi, deb xabar beradi Huquqiy axborot kanali.

Nodir Saydullayev ilgari Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

U (1982 yilda tug’ilgan) 2003 yil Toshkent Moliya institutining bakalavr bosqichini, 2005 yilda mazkur institutning magistratura bosqichini tamomlagan.

“Asaka” bank davlatga tegishli besh bankning biri bo’lib, 1995 yilda tashkil etilgan. Hududiy tarmoq O’zbekiston butun hududini qamrab olib 27 ta filial, 77 ta mini-bank va 139 ta chakana bank xizmatlari ko’rsatuvchi shoxobchalardan iborat.