Toshkent davlat iqtisoidyot universitetida Vebster universitetining Loyiha boshqaruvi mutaxassisligida magistrlar tayyorlash boshlanadi.

AQSH hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, Vebster universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligidagi Loyiha boshqaruvi mutaxassisligi bo‘yicha Biznes boshqaruvi magistri dasturi joriy yilning mart oyidan ishga tushiriladi.

Vebster universitetining BBM dasturining o‘quv rejalari buxgalteriya, iqtisod, moliya, marketing, ishlab chiqarish, operatsiyalar va strategik boshqaruvdan nazariya va amaliyotdan iborat.

Diplom olish uchun BBM o‘quv dasturining 27 ta kredit soati va 9 soat bitiruv fakultativlari, jami 36 kredit soati bajarilishi talab qilinadi.

Ushbu dastur bo‘yicha tamomlagan magistrlarga AQSH va O‘zbekistonda tan olinadigan magistr diplomi beriladi.

Hujjat topshirish talablari:

  • biznes yoki unga aloqador bo‘lgan Akkreditasiyadan o‘tgan o‘rtacha ball 2.5 yoki undan yuqori bo‘lgan diplom;
  • TOEFL iBT 80 / IELTS 6.5;
  • tavsifnoma;
  • ma’lumotnoma;
  • pasport nusxasi.

Hujjat topshirish muddati 2019 yil 20 fevralga qadar davom etadi. Havola orqali batafsil ma’lumotga ega bo’lish mumkin.

Webster universiteti AQShning Missuri shtati Sent-Luisdagi o‘zining asosiy kampusiga ega bo‘lib, bir-birlari bilan va butun dunyodagi jamoalari bilan yaqin aloqada bo‘lgan o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar va bitiruvchilarning global miqyosdagi harakat yo‘nalishini qamrab oladi. Webster universitetiga 1915-yilda asos solingan. Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha 13 mingdan ortiq talabalarga ega, xususiy, notijorat universiteti hisoblanadi. Webster universitetining asosiy maqsadi talabalarni yuqori sifatli ta’lim tajribalari bilan global fuqarolikka va shaxsiy yuksaklikka yetishtirishdir.