Yil boshidan beri yirik korxonalar uchun joriy etilgan soliqdagi o’zgarishlar natijasida byudjetga tushmayotgan daromadlar taxminan 10 trillion so’m yoki 1,5 milliard $ni tashkil etdi.

Bu haqda Moliya vazirining o’rinbosari Dilshod Sultonov 28 fevral kuni O’zbekiston-Britaniya Savdo va sanoat kengashida so’zlagan nutqida ma’lum qildi.

Shuningdek, u, bugungi kunda O’zbekistonda daromadlar bo’yicha eng kam 12%li soliq stavkasi mavjud ekanligini qayd etdi (ilgari 14%ni tashkil etgan).

Bundan tashqari, yangi soliq tizimiga muvofiq, amortizatsiya stavkalari o’zgartirildi, dividendlar va foizlar shaklidagi daromad solig’i 10%dan 5%gacha pasaytirildi.

“Biz shuningdek mol-mulk solig’ini Doing Business tavsiyalariga muvofiq kamaytirdik. U juda ko’p — 5% edi. Biz uni 2%ga qisqartdik. Lekin bunda to’xtab qolmasdan soliq stavkasini kamaytirish bo’yicha ishlarni davom ettiramiz”, — dedi Moliya vazirining o’rinbosari.

Faqat bu o’zgarishlar tufayli, Sultonovning so’zlariga ko’ra, respublika byudjetining tushumlari 10 trillion so’mni tashkil etdi. Vazirlik vakili hukumat ularni qanday qilib qoplamoqchi ekanligiga aniqlik kiritmadi.

Biroq, o’tgan yilning kuzida taqdim etilgan 2019-yilgi davlat budjeti loyihasiga ko’ra, eng ko’p daromadlarni qo’shilgan qiymat solig’idan olish rejalashtirilmoqda — 40,7 trln so’m.