Samsung kompaniyasi 28 fevral kuni Hindistonda Galaxy A10 smartfonini taqdim etdi.

Qurilma “akalari” Galaxy A30va Galaxy A50 kabi tomchisimon “o'yiq"li Infinity-V turidagi keng displeyga ega bo’ldi. Displey diagonali HD + kenglikda, tomonlari esa 19:9 nisbatda va IPS matritsasiga ega 6,2 dyuymni tashkil etadi.

Smartfonning yuragi uchun sakkiz yadroli Exynos 7884B protsessori javob beradi.

Smartfon faqat 3 GB operativ va 32 GB ichki xotiraga ega bo’lsa-da, microSD xotira kartalari (512 Gbaytgacha) uchun joy bor. Bundan tashqari, Galaxy A10 microUSB zaryadlash porti, quloqchinlar uchun joy, 13 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera va 3400 mAh batareya bilan jihozlangan. Smartfonda barmoq izlari skaneri mavjud emas.

Samsung Galaxy A10 20 mart kuni Hindistonda 120 $ narx va uch xil (qora, ko’k va qizil) rangda sotuvga chiqariladi.