O’zbekistonda 2007 yildan 2018 yilgacha mavjud bo’lgan (Ucell operatorining egasi) shved kompaniyasi Telia O’zbekistondagi korrupsiya ishiga so’nggi 208,5 mln. $ miqdorida transh to’ladi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berilgan.

2007 yil iyul oyida Telia COSCOM kompaniyasining asosiy aksiyadoriga aylandi. 2008 yil iyun oyida operator Ucell brendi ostiga o’tdi.

Kompaniya O’zbekistonda ishlash uchun pora bergani ma’lum bo’lganidan so’ng 2013 yilda korrupsiya mojarosi markazida bo’ldi. 2015 yilda kompaniya Yevroosiyoda ishlashni qisqartirishga va butun e’tiborini Shimoliy Yevropaga qaratishga qaror qildi.

2017-yilda imzolangan kelishuvlarga ko’ra, kompaniya 1 milliard $ to’lashi kerak. 19 mart kuni oxirgi transh Niderlandiya prokuraturasiga (Openbaar Ministryie, OM) to’landi.

Shvetsiya prokuraturasi Stokgolm shahar sudining 2019 yil 15 fevraldagi qaroriga qarshi appelyatsiya “Telia Company AB” ga qarashli mablag’ni taqsimlash bo’yicha da’vo bilan bog’liq ravishda olib tashlanganini xabar qildi.

Kompaniyada Telia barcha moliyaviy majburiyatlarni global jahon kelishuvlariga muvofiq amalga oshirgani va kelajakda Shvetsiya prokuraturasi yoki ushbu masala bilan bog’liq boshqa organlar tomonidan Telia’ga qarshi hech qanday da’vo qilinmasligi qayd etildi.