O’zbekiston Koreyaning “Songuo Motors” kompaniyasi NeuWai avtomobillari va elektromobillarini sotishni rejalashtirayotgan mamlakatlar ro’yxatidan o’rin oldi. Bu haqda kompaniya ma’lumotlarida keltirilgan.

“Songuo Motors” 30 mamlakatda NeuWai avtomobillari va elektromobillarini distributsiya qilish uchun shartnomalar imzoladi. O’zbekistondan tashqari ro’yxatga Qozog’iston, Hindiston, Pokiston va Kambodja ham ro’yxatga kiritilgan.

Birinchi NeuWai avtomobillari 12 oy ichida sotuvga chiqariladi. Shartnomalar umumiy miqdori 400 mln. $dan oshdi.

“Songuo Motors” mart oyi oxirida NeuWai brendini taqdim etdi. Ushbu brend ostida ilg’or texnologiyalar, yangicha materiallar, elektr va boshqa alternativ dvigatellar bilan jihozlangan avtomobillar, yuk mashinalari, mototsikllar va skuterlar modellari ishlab chiqariladi.

Kompaniya A sinfidagi avtomobili uchun o’zgaruvchan tokli elektrodvigatellarni ishlatishga qaror qildi, bu esa avtomobilning nodir yer magnitlariga qaramligini kamaytiradi. Kompaniyaning hisob-kitoblariga ko’ra, bu yondashuv to’g’ri bo’lib, kelajakdagi xarajatlar xavfini kamaytiradi.