“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Toshkent-Jakarta-Toshkent yo’nalishi bo’yicha muntazam yo’lovchi qatnovlarini 1-maydan boshlab amalga oshiradi, xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.

Qatnovlar haftasiga 2 marotaba amalga oshiriladi (Mahalliy vaqt):

Chorshanba:

  • HY-551 Toshkent 06:45 — Jakarta 21:00 (Kuala-Lumpur orqali)
  • HY-552 Jakarta 22:30 — Toshkent 07:00 (payshanba).

Payshanba:

  • HY-553 Toshkent 21:25 — Jakarta 09:25 (Juma)
  • (Juma:) HY-554 Jakarta 10:50 — Toshkent 21:35 (Kuala-Lumpur orqali).

Shuningdek, Milliy aviakompaniya 16 iyuldan boshlab, Toshkent-Tbilisi-Toshkent yo‘nalishida muntazam yo‘lovchi qatnovlarini taqdim etadi. Qatnovlar haftasiga 2 marta, seshanba va juma kunlari quyidagi jadvalga asosan bajariladi (Mahalliy vaqt):

  • Seshanba: HY-745 Toshkent 15:50 — Tbilisi 18:30
  • Seshanba: HY-746 Tbilisi 19:30 — Toshkent 23:50
  • Juma: HY-745 Toshkent 08:00 — Tbilisi 10:40
  • Juma: HY-746 Tbilisi 11:40 — Toshkent 16:00

Parvozlar Airbus-320 samolyotlarida amalga oshiriladi.