Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi (GCC) bosh kotibi Jasem Muhammad Al-Budayviy yagona turistik viza tez orada ishga tushirilishini ma’lum qildi. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Jassem Mohammed Al-Budayvi ma’lum qildi, deb yozadi Khaleej Times.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi viza xorijiy sayyohlarga blokning barcha olti mamlakati o‘rtasida erkinroq sayohat qilish imkonini beradi.
“Bu Ko‘rfaz davlatlari integratsiyasini kuchaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi va GCC mamlakatlari o‘rtasida sayyohlarning harakatlanishini osonlashtiradi”, — dedi Al-Budayvi.
U bu bayonotni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Security and History Dialogue 2026 xavfsizlik va tarix bo‘yicha muloqot doirasidagi maxsus sessiyada bergan.
GCC Grand Tourist Visa nomi bilan ham tanilgan yagona viza xorijiy sayyohlarga BAA, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Qatar, Ummon va Quvaytga bitta viza orqali tashrif buyurish imkonini berishi kutilmoqda.
Hozircha aniq ishga tushirish sanasi e’lon qilinmagan. Shuningdek, viza narxi, amal qilish muddati va ariza topshirish tartibi ham ma’lum qilinmagan.
Qayd etilishicha, GCC davlatlarining ichki ishlar vazirliklari va boshqa tegishli idoralari uni joriy etish ustida ishlamoqda.
Bu Shengen vizasi orqali Yevropaning bir nechta mamlakatlari bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatiga o‘xshaydi.
Avvalroq Spot O‘zbekiston Hindiston fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilgani haqida yozgandi.
Yangi tartib xalqaro tan olingan ko‘p martalik biznes yoki turizm vizasiga ega Hindiston fuqarolariga tatbiq etiladi.