2019 yilning yanvar-mart holatiga aholi umumiy daromadlari 64,9 trln. so’mni, bir kishiga o’rtacha hisoblaganda 1,9 mln. so`mni tashkil etdi. Bu haqda davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Iste`mol narxlarining o`zgarishi sababli o’tgan yilning mos davriga nisbatan aholining umumiy daromadlarining real o`sish sur`ati 108,6% ni, aholi jon boshiga umumiy daromadlarining real o`sish sur`ati 106,6% ni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga o`rtacha umumiy daromadlari bo`yicha Toshkent shahrida (4687,2 ming so’m) hamda Navoiy (2965,5 ming so’m), Buxoro (2208,5 ming so’m), Toshkent (2134,1 ming so’m) viloyatlarida o`rtacha respublika darajasidan yuqori ko’rsatkichlar qayd etilganligi kuzatildi.

Aholi jon boshiga daromadlarning eng quyi ko’rsatkichlari esa Namangan (1406,8 ming so’m), Farg’ona (1468,7 ming so’m) va Surxondaryo (1512,2 ming so’m) viloyatlarida qayd etildi.