Prezidentning Farg’onaga tashrifi chog’ida “Hyundai” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida elektromobillar ishlab chiqarish loyihasi taqdim etildi. Bu haqda “O'zbekiston 24” telekanalining dasturida ma’lum qilindi.

Hyundai elektromobillari Qo’qon EIZ hududida ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish quvvati — 10 ming dona elektromobil.

Loyihani Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Farg’ona viloyati hokimligi Janubiy Koreyaning “Hyundai Motor”, “Evergreen motors” kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshiradilar.

Loyiha ishga tushirilishi 2023 yilga mo’ljallangan bo’lib, buning natijasida 1000 kishi ish bilan ta’minlanishi ko’zda tutilmoqda.

Mazkur loyihaning qiymati 300 mln $ga bahonalmoqda.