Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O’zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi ortdi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Ishlab chiqarilgan avtomobillar hajmi 79 614 tani tashkil etdi, 2018 yilning shu davrida esa 53 219 ta avtomobil ishlab chiqarilgan.

Ma’lumotlarga ko’ra, yuk avtomobillari ishlab chiqarish hajmi ham ortib, 1 719 tani tashkil etdi. O’tgan yilning mos davrida esa 856 ta yuk avtomobili ishlab chiqarilgan.

Bundan tashqari, 593 ta avtobus ishlab chiqarildi, bu esa 2018 yilning mos davriga nisbatan 4,1 m. ko’pdir.

Shuningdek, ishlab chiqarish sanoatida o’tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirganda avtomobil dvigatellari — 1,6 m., yurguzuvchi g’ildiraklar, ularning qismlari va jihozlari — 1,5 m., radiatorlar, shovqin so’ndirgichlar va chiqarish quvurlari, ulovchi mexanizmlar, rul chambaraklari, rul kolonkalari va rul mexanizmlarining karterlari va ularning qismlari — 1,5 m. ga oshdi.