2019 yilning yanvar-aprel oyida neft va ko’mir qazib olish hajmi kamayib bormoqda. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Tog'-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2019-yilning yanvar-aprel oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlari hajmi 13,4 trln.so'mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 14,2% ni tashkil etdi.

O’tgan yilning shu davriga nisbatan tabiiy gaz qazib olish 4,4% ga, va shag’al — 2,2 m. ga oshdi. Shu bilan birga, ko’mir qazib olish 18,9% ga, neft — 7,4% ga, gaz kondensati — 1,4% ga, chaqiq tosh — 31,1% ga pasaygan.

Joriy yilning yanvar-aprel oyida O’zbekistonda 231,2 ming tonna neft qazib olingan, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 7,4% ga kamdir.

Ko’mir qazib olish hajmi ham qisqarib, 1018,5 ming tonnani tashkil etdi. O’tgan yilning mos davrida esa 1256 ming tonna ko’mir qazib olingan.

Tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi esa ortib 20816,2 mln.kub.m.ni tashkil etdi, 2018 yilning mos davrida 19932,4 mln.kub.m.ni tashkil etgan.