20 — 24 may kunlari “E-ijro auksion” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng qiymatdagi 6 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari, 68 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha 41 ta obyekt sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Yagona elektron savdo maydonchasida daryo o‘zanlarini tozalashga va oltin qazib olishga bo‘lgan huquq realizatsiyasi bo‘yicha ham yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi.

Jumladan, daryo o‘zanlarini tozalash bo‘yicha 10 ta boshlang‘ich narxi 3 mlrd. 104,4 mln. so‘mlik daryo o‘zanlari loyihalari auksion savdolariga chiqarilgan shundan 3 ta boshlang‘ich narxi 1 mlrd. 238.2 mln so‘mlik daryo o‘zanlari loyihalari 3 mlrd. 391,6 mln so‘mga sotildi.

Shuningdek, ushbu hafta davomida jami 11 ta boshlang‘ich narxi 82,5 mln so‘mlik oltin qazib olish bo‘yicha 318,4 mln. so‘mga sotildi.

Davlat mulki obyektlari

Boshlang‘ich narxi 1 so‘m qilib belgilangan bo‘sh turgan 6 ta davlat mulki obyekti 1 mlrd 400 mln. so‘m investitsiya kiritish, 83 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 586 mln. so‘mga sotildi. Bundan tashqari 1 ta obyekt sotuvga chiqarildi.

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquq

Yer resurslari bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 68 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq 23 mlrd. 965 mln. investitsiya kiritish va 290 ga yaqin yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 2 mlrd 194,20 mln. so‘mga sotildi. Hafta davomida 67 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 41 ta obyekt 4 mlrd 667,6 mln so‘mga sotildi. Hafta davomida 88 ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.