Xiaomi’ning sub-brendi Redmi Xitoyda yangi qurilmalar taqdimotini o’tkazdi. Tadbirning asosiy mavzusi Redmi K20 flagmani bo’ldi.

Redmi k20 pro

Qurilmada metal romga ega shisha korpus va old panelning 91,9%ini egallagan “o'yiq"larsiz 6,4 dyuymli OLED displeyi o’rnatilgan. Ekran yiltillashini kamaytiradigan DC Dimming funksiyasi mavjud.

Pro-versiyasining yuragiga kutilgandek, 7 nanometrli Snapdragon 855 bilan 6/8 Gb operativ xotira javob beradi. Smartfondagi siljiydigan old kamera (0.8 soniya) 20 Mp, asosiy kamera esa uchtalik — 48 Mp + 12 Mp + 8 Mp. Asosiy sensor — Sony IMX586.

Qurilmaning asosiy xususiyatlaridan tezda quvvatlagichga (27 Vt) ega 4000 mA/soat batareyani, USB-C va NFC port, 7-avlod ekran quyi qismi skaneri, quloqchinlar uchun joy va Hi-Res Audio texnologiyasi qo’llab quvvatlanishini ajratib ko’rsatish mumkin. Smartfon Android 9 Pie’da ishlaydi.

Redmi K20 Pro savdosi 1-iyun kuni quyidagi narxlar bilan boshlanadi:

  • 6/64 Gb — 362 $
  • 6/128 Gb — 376 $
  • 8/128 Gb — 405 $
  • 8/256 Gb — 434 $

Redmi k20

Oddiy Redmi K20 Pro versiyasidan asosiy 48 Mp modul (Sony IMX586 o’rniga Sony IMX582), 17 vattli tezda quvvatlagich va Snapdragon 730 protsessori bilan farq qiladi.

Redmi K20 savdosi 1-iyun kuni quyidagi narxlar bilan boshlanadi:

  • 6/64 Gb — 290 $
  • 6/128 Gb — 304 $