27 maydan 2 iyungacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali sotilgan avtomobil raqamlari soni 748 tadan 683 taga kamaydi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,8 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 18% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 49,3% ikkinchi va 32,7% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Shu jumladan, birja savdolarining hajmi 872,4 mlrd so‘mdan 725,1 mlrd so‘mga kamaydi. Valyuta savdo maydonchasi orqali 580,2 ming $lik tovarlar sotildi.