Toshkent shahar hokimligi Facebook’dagi sahifasida gerbning yangilangan ko’rinishini taqdim etdi.

“Biz avvalgi gerbning ba’zi elementlarini zamonaviylashtirdik. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz unga amaliy jihatdan yangilik kirituvchi biror narsa qo‘shilmagan. Kiritilgan o‘zgartirish Toshkent shahar hokimligi ma’muriyati bilan kelishilgan va ma’qullangan”, deyiladi hokimlik xabarida.

Gerb orqa foni moviy rangdagi qalqonni aks ettiradi va unda ochiq eshiklar, yashil daraxt, tog' cho’qqilari, gullar va uzum aks ettirilgan. Yuqori qismda KUCH ADOLATDADIR va pastki qismga esa TOSHKENT yozuvi aylanasimon shaklda tushirilgan.

Toshkentning amaldagi gerbi 1997 yili tasdiqlangan bo’lib, uni Saidolim Sharipov va Javlon Umarbekov yaratgan.