Ishlatilgan smartfonlarni olib sotuvchi Rossiya servisi SmartPrice uchinchi tur investitsiyalarni jalb qildi. Bu haqda Forbes xabar berdi.

SmartPrice — minilgan avtomobillar sotuvi bilan shug’ullanuvchi CarPrice kompaniyasi asoschilaridan Aleksandr Chernyak va Artyom Bolshakov tomonidan 2017 yilda ishga tushirilgan.

SmartPrice ilgari foydalanilgan qurilmalarni aloqa vositalari salonidan sotib oladi va saytida uch oy kafolat bilan sotadi.

Aleksandr Chernyak so’zlariga ko’ra, 2019 yil oxirigacha sotib olingan telefonlarning soni 700 mingtaga yetishi ko’zda tutilmoqda.

“Joriy yilning may oyida biz zarar ko’rmaslik darajasiga chiqdik va bugungi kunda SmartPrice portfel investorlarining mablag’lariga muhtoj emas. Shunga qaramay, biz tashqi kapital orqali kompaniyaning rivojlanishini tezlashtirishga qaror qildik. “, — deydi SmartPrice kompaniyasining bosh direktori Vladislav Ovchinnikov.

SmartPrice rahbarining qayd etishicha, kompaniya Belarus, Qozog’iston va O’zbekistonda ishlashni rejalashtirmoqda.

SmartPrice ishga tushirilgandan buyon jami 5,25 mln $ jalb qildi. SmartPrice ishga tushirilgunga qadar Chernyak va Bolshakov Oskar Hartman va Eduard Gurinovich bilan birgalikda minilgan avtomobillarni onlayn va oflayn sotish bo’yicha CarPrice servisini rivojlantirdilar.