Tovar xom ashyo birjasi umumiy savdo aylanmasi hajmi 2019 yilning I yarim yillik yakuniga ko‘ra 20 trln so‘mni tashkil qildi va 2018 yilning I yarim yillik yakuniga nisbatan 56% ga o‘sdi. Bu haqda birja ma’lumotlarida keltirilgan.

Onlayn auksionida 72,3 mlrd so‘mlik 17 448 avtoraqamlar sotildi. Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 4,1 mln so‘mni tashkil etdi.

Kichik va xususiy tadbirkorlar ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2018 yilning mos davri bilan solishtirganda 60% ga o‘sib, 10 trln so‘mni tashkil etdi.

Birja savdolari orqali tuzilgan bitimlarning hajmi 2018 yilning I yarim yillik yakuniga nisbatan 46,9%ga o‘sib, 18 trln so‘mni tashkil etdi.

Elektron davlat xaridlari bo‘yicha 1,5 trln so‘mlik bitimlar tuzilib, mablag‘larning tejalishi — 308,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ko‘rgazma yarmarka savdolarida 3%ga o‘sib, 653,4 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi.