Joriy yilning I yarim yillik yakunlariga ko‘ra jami 384 ta davlat aktivlari xususiy mulkka sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Xususan davlat aktivlari quyidagi shartlar asosida:

  • 15 tasi to‘lov qiymatida (obyekt va aksiya paketi (ulushi) bo‘lib, 7 tasida narxini tushirish mexanizimi qo‘llangan holda 23 mlrd so‘m to‘lov qiymatida 9 mlrd so‘m investitsiya kiritish va 25 ta yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan;
  • 293 tasi boshlang‘ich narxi 1 so‘m bo‘lgan qiymatda o‘tkazilgan savdolarda jami 8 mlrd so‘m sotib olish to‘lovlarini to‘lash hamda 201 mlrd so‘m investitsiya kiritish va 3 310 ta yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan;
  • 76 tasi “nol” xarid qiymatida jami 146 mlrd so‘m va 37 mln $ ekvivalentida investitsiya kiritish hamda jami 2 786 ta yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan sotilgan.

Shuningdek, joriy yilning 30 iyun holatiga savdoda turgan aktivlar soni jami 186 ta bo‘lib, shundan 26 tasi to‘lov qiymatida, 22 tasi “nol” qiymatda hamda 138 tasi boshlang‘ich bahosi 1 so‘m bo‘lgan qiymatdagi obyektlardir.