2018 yil sentyabr oyida Facebook, oktyabr oyida YouTube uzilishlar bilan ishlay boshladi. Shu sababli mamlakatda mobil VPN ommaviylashib ketdi.

Alter Ego dasturida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov Facebook va YouTube muammosiga to’xtalib o’tdi.

“Facebook va Youtube ni yopish bilan salbiy axborotlar oqimini kamaytirish mumkin, deb shu qarorga kelishgan. Bu masalada juda jiddiy munozaralarga sabab bo‘lgan. Men salbiy axborotlarga qarshi kontrargument va kontrfaktlar bilan kurashish kerak, degan fikrni aytganman”, — deydi agentlik direktori.

Komil Allamjonovning so’zlariga ko’ra, mazkur tizimlarni bloklaganlar hozirda hibsda.

Shuningdek, u Facebook va YouTube’dagi uzilishlar sababli barcha VPN’dan foydalanishni boshlaganini qayd etdi:

“VPN barcha xavfsizlik tizimlarini buzadi. U barcha resurslarga kirish imkonini beradi. Agar hamma VPN dan foydalanishni boshlasa, davlatda nazorat qilish vositasi qolmaydi, masalan, terroristik saytlarni, konstitutsiyaga qarshi turli targ‘ibot harakatlarini yoki giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi saytlarni nazoratga olib bo‘lmaydi. Agar har bir fuqaro har qanday to‘siqdan o‘tib ketadigan VPN dan foydalanayotgan bo‘lsa, qanday qilib mamlakatni himoya qilish mumkin?”, — deydi Allamjonov.

To’liq intervyu bu yerda.