9 avgust kuni Telegram’da navbatdagi yangilanish bo‘ldi. Bu haqda kompaniya blogida ma’lum qilindi.

Ovozsiz xabarlar

Ovozsiz xabarlarni jo‘natish imkoniyati paydo bo‘ldi. Kompyuterda ularni sichqonchaning o‘ng tugmasi yordamida yuborish mumkin, mobil ilovalarda esa yuborish tugmachasini ushlab turish kerak.

Suhbatdosh yangi xabarni “Bezovta qilinmasin” rejimi o‘chirilgan bo‘lsa ham ovozsiz signal bilan oladi:

Guruhlardagi sekinlashtirilgan xabarlar

Agar guruhda xabarlarni kuzatib borish qiyin bo’lsa, u holda ma’murlar uchun endi sekinlashtiruvchi rejimga o‘tkazish moslamasi mavjud:

Agar administrator uni yoqsa, har bir foydalanuvchi ma’lum bir vaqt oralig‘ida faqat bitta xabarni yuborishi mumkin. Taymer keyingi xabarni yuborishga qancha vaqt qolganligini ko’rsatadi:

Ma’mur lavozimlari

Endilikda guruh egalari ma’murlarga “Memlar qirolichasi”, “Spam bilan kurashuvchi” yoki “El Duderino” kabi lavozimlarini o‘rnatishlari mumkin:

Oddiy ma’mur yorliqlarida bo‘lgani kabi, rollar xabarning yuqori qismida ko‘rsatiladi, shunda ishtirokchilar belgilangan “Afsonani ochuvchi” bilan suhbatlashayotganlarini bilishadi:

Videodagi vaqt belgilari

Endi videoni qayta qo‘yish paytida eskizlar ko‘rsatiladi — bu kerakli daqiqani topishga yordam beradi.

Agar siz videofaylga 0:45 kabi vaqt belgisini qo‘shsangiz, u avtomatik ravishda havola sifatida ajratib ko‘rsatiladi. Vaqt belgisi bosilganda, video kerakli joydan boshlanadi:

Fotosuratlarni qo‘shish menyusi yangilandi

Android’dagi tasvir menyusi o‘zgardi. Rasm va videolarni tanlashni osonlashtiradigan katta eskizlar paydo bo‘ldi va yuqoriga siljitish butun galereyani oson ko‘rish imkonini beradi:

Shuningdek geolokatsiya, anketalar va musiqa kabi boshqa ilova variantlarini tanlash uchun chapga va o‘ngga aylantirish, ularning barchasini siqmasdan yuborish mumkin.