Human Inc. startap kompaniyasi ajoyib ixtiro — butunlay simsiz qoplama quloqchinlarni taqdim etdi. Ular Sennheiser tovushini va AirPod’larning qulayligini birlashtirdilar, deb yozadi “Gagadget”.

Quloqchinlar 30 mm bo‘lgan ikkita dinamik bilan jihozlangan. Yangi uskuna mikrofonlari tovushlarni atrof muhit shovqinisiz qamrab oladi.

Bundan tashqari, quloqchinlar real vaqt rejimida qo‘ng‘iroqlar paytida nutqni mustaqil ravishda 11 tilga tarjima qila oladi. Ammo shovqin chetga surilmaydi — “quloqlar” foydalanuvchi muammoga duch kelmasligi uchun maxsus bir nechta fon tovushlarini o‘tkazib yuboradi.

Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, batareya to‘liq zaryad olganda to‘qqiz soat davomida ishlaydi. Qurilmaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u zaryad olayotganda uni Bluetooth kolonkasi sifatida qo‘llash mumkin. Mazkur funksiya, shuningdek, quloqlar uzoq vaqt taqib yurishdan “charchaganida” foydali bo‘ladi.

Qurilma 250 $ga baholandi.