Humans kompaniyasi ikki oylik faoliyati yakunlari va yaqin kelajakdagi rejalarini e’lon qildi. E’lon qilingan yangi mahsulotlar qatoridan mobil aloqa operatori xizmati, bank kartasi hamda mahsulotlar va xizmatlarning onlayn vitrinasi o‘rin olgan. Kompaniya, shuningdek, o‘zining har bir sodiq mijoziga 15 ming so‘m miqdorida keshbek taqdim etdi.

“Biz — beshinchi uyali aloqa operatorimiz. Kompaniya o‘z faoliyatini boshlash uchun barcha ruxsatnomalarni (litsenziyalar) qo‘lga kiritdi. Biz O‘zbekistonda mobil aloqa aynan qanday bo‘lishi bilan bog‘liq tasavvurni butunlay o‘zgartiramiz. Siz o‘zingizga qancha trafik kerakligini o‘zingiz belgilashingiz mumkin: kam daqiqa, ammo ko‘p gigabayt yoki, aksincha, ko‘p daqiqa va kam gigabayt.

Siz trafik paketidan butunlay voz kechishingiz mumkin, yoki, aksincha, uch, o‘n va o‘ttiz kunga cheksiz trafikni ulash imkoniga ega bo‘lasiz.

Shuningdek, biz foydalanuvchilarimizga messendjerlar, ijtimoiy tarmoqlar, musiqa ilovalari va video-servislariga cheksiz kirishni sotib oolish imkonini beramiz. Masalan, 25 ming so‘m evaziga bir oyga cheksiz Instagram va cheksiz YouTube’ni ulash mumkin bo‘ladi.

Afsuski, karantin cheklovlari va ofisning masofaviy ishlash tartibi loyihaning muddatida ishga tushirilishiga ta’sir qildi. Shu bois, Humans pulli uyali aloqa operatori xizmatlari va bank kartalaridan foydalanish sentyabr oyida boshlanadi.

15 sentyabrga qadar oldindan buyurtma berishni qo‘llagan har bir mijoz uchun depozit evaziga cheksiz aloqa taqdim etiladi. Xizmatni ulaganlar esa, ularning depozitida 300 ming so‘mdan kam bo‘lmagan mablag‘ evaziga bir oy davomida cheksiz va tekin aloqadan foydalanish imkonini qo‘lga kiritadilar," — deydi, Humans asoschisi va rahbari Vladimir Dobrinin.

Humans SIM-kartlari va bank kartalari uchun oldindan buyurtma berish 19 avgustdan boshlanadi. Tanlash va buyurtma berishni HUMANS.uz ilovasi yoki sayt orqali amalga oshirish mumkin.

Humans bank kartasi — VISA to‘lov tizimi hisobida o‘zbek so‘mi mavjud bo‘lgan karta turidir. Ushbu karta nafaqat O‘zbekistonning barcha do‘konlarida, balki xorijda ham to‘lovlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadi.

Kompaniya haqida

“HUMANS” MCHJ 2016 yilda tashkil etilgan Humans kompaniyalar guruhiga kiradi. Ushbu guruh moliya sektori, telekommunikatsiya, axborot almashinuvi va tibbiyot sohalarida texnologik loyihalarni ishlab chiqishga qaratilgan. Humans ofislari Singapur, Nyu-York, Moskva, Sankt-Peterburg, Minsk va Toshkentda joylashgan.

Guruhning ishlaydigan loyihalari orasida ishlar va insonlarni qidirish uchun sun’iy intellektdan foydalanadigan HUMANS.net HP-tech platformasi mavjud.

2020 yil iyun oyida Humans guruhi O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar, uyali aloqa operatorlari xizmatlari va onlayn to‘lov vitrinalarini birlashtirgan moliyaviy texnik ilovasining birinchi versiyasini taqdim etdi.

2020 yilning avgust oyidan boshlab Humans — O‘zbekistondagi beshinchi uyali aloqa operatori.