Markaziy bank 2020-yilning yanvar-sentyabr oylarida jismoniya shaxslarga ajratilgan ipoteka kreditlari hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2020-yil 9 oyi davomida tijorat banklari 50 627 nafar jismoniy shaxslarga 6,4 trln. so‘m miqdorida (2019-yilning nisbatan 1,1 trln. so‘mga ko‘p) ipoteka kreditlari ajratilgan.

Manba: Markaziy bank axborot xizmati

Ipoteka kreditlari miqdorining o‘sishi markazalari Toshkent shahri (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 378,7 mlrd. so‘mga ko‘p), Samarqand (128,6 mlrd. so‘mga ko‘p), Surxondaryo (92,8 mlrd. so‘mga ko‘p), Navoiy (36,9 mlrd. so‘mga ko‘p) hamda Jizzax viloyatlarida (33,6 mlrd. so‘mga ko‘p) shaharlarida kuzatildi.


Joriy yilda jami ajratilgan kreditlarning 69,4% ya’ni 4 474,1 mlrd. so‘mi “Qishloq qurilish invest” IK hamda “O‘zshahar qurilish invest” IK tomonidan qurilgan uylarni, 1 825,1 mlrd. so‘mi 28,3% ni tashkil etdi. Jumladan, birlamchi bozordagi uylarni (jumladan, 793,9 mlrd. so‘mi yangi tartib doirasida), 145,0 mlrd. so‘mi (2,3%) ikkilamchi bozordagi uylarni sotib olish uchun ajratilgan.


Shuningdek, “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” prezident farmoniga muvofiq, 3 695 nafar fuqarolarga 793,3 mlrd. so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi. Ipoteka kreditlarining 367,4 mlrd. so‘mi (46,3%) 2 xonali xonadonlar, 425,8 mlrd. so‘mi esa (53,7%) 3 va undan ko‘p xonali xonadonlarni sotib olish uchun berilgan.

Manba: Markaziy bank axborot xizmati

Ajratilgan mazkur ipoteka kreditlarining yuqori ulushlari Samarqand viloyati (215,8 mlrd. so‘m), Toshkent shahri (153,7 mlrd. so‘m), Navoiy (78,9 mlrd. so‘m) hamda Farg‘ona viloyatlari (77,4 mlrd. so‘mi) hissasiga to‘g‘ri kelgan.