2020-yilning so’ngida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Parlamentga qilgan murojaatnomasida avtomobil sanoatida sog’lom raqobat muhitini rivojlantirish va korxonalarga teng sharoitlar yaratish maqsadida avtomobil ishlab chiqaruvchilarning soni ko’paytirilishi haqida aytib o’tgan edi.

2021−2023-yillarga mo’ljallangan investitsiya dasturi doirasida avtomobil sanoatida bir qancha loyihalar amalga oshirilishi kutilmoqda.

“Navoi- Motors” xususiy korxonasi, Navoiy viloyati

“Navoi-Motors” XKda avtomobil (pikap, kichik yuk mashinasi, miniven, yo‘l tanlamas, elektromobil) va traktor ishlab chiqarishni tashkil etiladi.Loyiha 2021−2022-yillarga mo’ljallangan va ishlab chiqarish kuchi 12 ming donaga teng. Investitsiya ko’lami 12 mln dollar. Kreditor sifatida “PARSALPINE MANAGEMENT GMBN” kompaniyasi ko’rsatib o’tilgan.

Manas Avto Sanoat, Namangan viloyati

Yuk avtomobillari ishlab chiqarilishi joriy yilning dekabr oyida yo’lga qo’yilishi rejalashtirilgan. ishlab chiqarish quvvati 3 ming donani tashkil etadi. Investitsiyalarning umumiy qiymati 10 million dollar. Xorijiy sherik sifatida Manas Savunma AS kompaniyasi ishtirok etmoqda.

Namangan Changan Motors, Namangan viloyati

Kompaniya avtomobil ishlab chiqarish va yig’ish bilan shug’ulladi. Foydalanishga topshirish ishlari 2021-yilning iyun oyida rejalashtirilgan. Ishlab chiqarish kuchiu 1,8 ming dona deya baholanmoqda. Sarmoylar hajmi 5,8 mliion dollar. Investor Turkiyaning Mustafa Rent A Car LLC kompaniyasi.

ADM Jizzakh, Jizzax viloyati

2021−2022-yillarda ishga tushishi kutilayotgan, Kia, Lada va Renault rusumli avtomobillar ishlab chiqarishi rejalashtirilgan kompaniyaning yillik quvvati 100 ming dona deya beholanmoqda. Investitsiyaning umumiy qiymati 60,9 million dollarga teng. Loyiha Koreyaning Korea Eximbank tomonidan moliyalashtiriladi.

Auto Motors Asia, Jizzax viloyati

Ishlab chiqariladigan mahsulot turi: Krossovyerlar, yuk avtomobillari, mikroavtobuslar. Loyiha 2021−2022-yillarda ishga tushishi rejalashtirilgan. Ishlab chiqarish quvvati 27 ming dona. Investitsiyalar umumiy hajmi 16,2 million dollarni tashkil etadi. Kreditorlar sifatida Dongfeng Motor Corporation va Changan Automobile ko’rsatilgan.

Abbos Eco Agro, Surxandaryo viloyati

Yengil avtomobil, miniven va kichik yuk avtomobillari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniya loyihasi uchun 10 million dollar investitsiya jalb qilingan. Ishlab chiqarish quvvati 10 ming donaga teng. Foydalanishga topshirish ishlari 2021−2023-yillarga mo’ljallangan. Investitsiyalar Xitoyning BAIC Group kompaniyasi tomonidan kiritilmoqda.

“Hyundai Motor Uz Namangan”, Namangan viloyati

Kompaniya tijorat yuk avtomobillari ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi. “Hyundai Motors” va “Evergreen Motors” kompaniyalari sarmoyalari negizida 3000 dona avtomobil ishlab chiqarish yo’lga qo’yilishi kutilmoqda.